ISHLI

Oʻzbekistonda ish

Sotuv menejeri

Ishli — открытые источники · Sirdaryo, Sirdaryo

Описание вакансии

⚡️ Sotuv menejeri vakansiyasi "Mebel City"da

💵 Maosh: 8 000 000 gacha

📍 Hudud: Sirdaryo

📣 Ish haqida:

Sirdaryo viloyatining mebel sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo'lgan "Mebel City" jamoasi professional rivojlanishni va yuqori daromad topishni maqsad qilgan faol hamda masuliyatli nomzodlarni sotuv menejeri lavozimiga taklif etadi.

Agar siz mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, natijaga intilsangiz va professional jamoada faoliyat yuritishni istasangiz, biz sizni jamoamizda kutamiz!

🎯 Asosiy vazifalar

– Showroomga tashrif buyurgan mijozlarga professional xizmat korsatish

– Mijoz ehtiyojini aniqlab, unga mos yechimlarni tavsiya qilish

– Sotuv jarayonini samarali olib borish

– Mijozlar bazasi bilan muntazam aloqa olib borish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish

✅ Biz taklif qilamiz

– Raqobatbardosh oylik maosh

– Sotuv natijalariga qarab yuqori bonus va ragbatlantirish tizimi

– Professional treninglar va doimiy malaka oshirish imkoniyati

– Zamonaviy va ahil jamoada ishlash muhiti

– Kompaniya ichida karyera osishi va rahbarlik lavozimlarigacha rivojlanish imkoniyati

❗️ Talablar:

– Sotuv sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi

– Nutqi ravon va muloqot madaniyati yuqori bolishi

– Mijozlar bilan samarali muzokara olib borish qobiliyatiga ega bolishi

– Masuliyatli, halol va natijaga yonaltirilgan bolishi

– Jamoada ishlash va yangi bilimlarni tez ozlashtirish qobiliyatiga ega bolishi

– Yosh: 20–25 yoshgacha

⏰ Ish vaqti:

– 6/1 ish grafigi

– 08:30 – 18:00

– Dam olish kuni: Yakshanba

📌 Manzil:

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri

☎️ Bog‘lanish:

@M***, https://mebel-city.uz/jobs/sotuvchi-konsultant-33